Prezident Sadir Japarov Saylov va referendumlar ötkaziş böyiça markaziy komissiyaga davlat rahbari lavozimiga öz nomzodini körsatiş töğrisida ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Qirğiziston MSK xabar berdi.

Sadir Japarov saylovda özini özi körsatiş tartibida qatnaşmoqçi.

10-noyabr holatiga köra, komissiyaga prezidentlik lavozimiga nomzod körsatiş böyiça oltita ariza kelib tuşgan. Avvalroq Aymen Kasenov, Azamat Esenbekov, Siyimiq Japiqeyev, Akay Qidirov va Isxaq Masaliev saylovda iştirok etiş niyatini bildirgan edi.

Eslatib ötamiz, Qirğiziston prezidenti saylovida nomzodlarni ilgari suriş muddati joriy yilning 13-noyabriga qadar davom etadi. Saylov 2027-yil 27-yanvarda bölib ötadi.

2026-yil 6-dekabrda Sadir Japarov 58 yoşga töladi.

U ilk bor 2021-yil 10-yanvarda muddatidan oldin ötkazilgan saylovda 79,2 foiz ovoz töplab prezident etib saylangan. Öşa yilning 28-yanvarida öz lavozimiga kirişgan.

U saylangan paytda amalda bölgan Konstitutsiyaga köra, vakolat muddati olti yil edi. 2021-yilda qabul qilingan yangi Asosiy qonun beş yillik muddatni hamda prezidentlik lavozimini ketma-ket ikki martadan ortiq egallaş mumkin emasligini nazarda tutadi. Konstitutsiyaviy sud Sadir Japarovning olti yillik muddati birinçi muddat sifatida hisobga olinişini tasdiqladi. Şu tariqa, bölajak saylovlarda u ikkinçi, beş yillik muddatga daʼvogarlik qilmoqda.