Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, davlat rahbari Vladimir Putinning Kiyevga Qrimdan harbiy texnikani topşiriş böyiça taklifi rasmiydir, Ukraina «ha» yoki «yöq» deyişi kerak, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«Albatta, rasmiy hujjatlar, birinçi navbatda, diplomatik notalar, turli murojaatlar bölişi mumkin, biroq, davlat rahbari rasmiy bayonotini rasmiy taklif yoki rasmiy taşabbus sifatida köriş kerak», - deya aytib ötdi Peskov.
Şuningdek, u Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkinning bu taklif «tryuk» ekanligi haqidagi bayonotiga izoh berişdan boş tortdi.
«Keling özimizça talqin qilmaylik, har holda Kiyev ha yoki yöq, deyişi kerak, kutamiz», - deya ta'kidlab ötdi Peskov.
Peskovning sözlariga qaraganda, rasmiy bildirişnoma yoki şunga öxşaş hujjatlarni yuborişga hojat yöq.
«Menga diplomatik kanallar orqali qandaydir qoğozlar yuborilgani noma'lum, biroq, yana bir marta qaytaraman, agarda ular yöllanmagan bölsa, u holda bunga ehtiyoj yöqdir, sababi prezident rasmiy bayonoti berildi», - deya qöşimça qilib ötgan matbuot kotibi.












