Özbekistonda Maktab bitiruvçilari uçun oltin va kumuş medallar beriş amaliyoti tiklanişi mumkin. «Kun.uz» manbasining ma'lum qilişiça, prezidentning Surxondaryo viloyatiga taşrifi davomida Qiziriq tumanida faollar bilan uçraşuvi vaqtida şunday taşabbus bildirilgan.

Prezident tegişli mutasaddilarga uşbu masalani örganib çiqişni topşiriq qilgan. Ayni vaqtda Xalq ta'limi vazirligi rasmiylari bu masalani örganmoqda. Yakunda jamoatçilik fikri ham örganiladi va hukumatga loyiha kiritiladi.

Maktabni oltin va kumuş medallar bilan bitirgan öquvçilar oliy öquv yurtlariga imtiyozli ravişda öqişga qabul qilinişi mumkin.

Ayni vaqtda Özbekistonda maktab bitiruvçilariga imtiyozli şahodatnomalar ham beriladi. Lekin bunday şahodatnoma bilan öqişga imtihonsiz qabul qilişmaydi. Respublika fan olimpiadalari ğoliblari esa öz yönalişi böyiça öqişga qabul qilinadi.