Öqişga kira olmagan maktab bitiruvçilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etiş böyiça ikkita alohida dastur qabul qilindi. Bu haqda 30 iyun kuni prezidentning yoşlar bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, şu maqsadda «Aloqabank» va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi. Ular «Yoşlar biznesi» dasturi doirasida 100 ming yoşlarni, «Kelajakka qadam» orqali 140 ming oliygoh bitiruvçisini daromadli iş bilan ta’minlaşga mas’ul böladi.
Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvçilarini iş beruvçilar bilan boğlaydigan platformani işga tuşiradi. Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari «Harakatda daromad» elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoşlarni malaka talab qilmaydigan işlar bilan band qiladi.
Har yili yuqori sinf öquvçilarini kasb tanlaşga qiziqtiriş va kömaklaşiş maqsadida «Mening kasbim» respublika tanlovi ötkaziladi.
Startaplarni qöllab-quvvatlaş böyiça tizim yaratildi. Ularni moliyalaştirişga 145 million dollar vençur sarmoya kiritildi. Prezident bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilişini aytdi.
Maktablarda öquvçilar uçun «mohirlik va biznes soati» kiritilib, ularning ğoyasini startapga aylantirişga 100 milliard söm grant ajratiladi. Oliygohlar örtasida ham startaplar böyiça har yili “Eng yaxşi kreativ ğoya” tanlovi ötkazilib, ğoliblarga oliygoh jamğarmasidan 300 million sömgaça grant beriladi.
Startapni prototipga aylantiriş va sinovdan ötkaziş uçun Innovatsiya agentligi va IT-park RnD markazini oçadi. Bunda, eng yaxşi loyihalar böyiça prototip yaratiş xarajatining 50 ming dollargaça qismi Yoşlar vençur jamğarmasidan qoplanadi.
Har yili investorlar, yirik korxona va startap taşabbuskorlari iştirokida «Startap-ekspo» körgazmasi ötkazib boriladi.
***
Davlat rahbari öz sohasida ilğor, taşabbuskor yoşlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va ğoyalarini tingladi.
Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boşqa sohalarda tengdoşlariga örnak bölayotgan bir guruh öğil-qizlarimiz mukofotlangan edi.














