Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Göşt va göşt mahsulotlarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi.
"Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, göşt va göşt mahsulotlari xavfsizligiga qöyiladigan yagona talablarni belgilaş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
1. Göşt va göşt mahsulotlarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament hamda uni joriy etiş sxemasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlandi.
Göşt va göşt mahsulotlarining xavfsizligi töğrisidagi umumiy texnik reglament u rasmiy e'lon qilingan kundan boşlab ön sakkiz oy ötgaç amalga kiritiladi.
2. "Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgaç, standartlaştiriş böyiça ularda körsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yöqotişi va belgilangan tartibda qöllanilişida ixtiyoriylik kasb etişi ma'lumot uçun qabul qilindi.
3. "Özstandart" agentligi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda uşbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament amalga kiritilgan kundan boşlab göşt va göşt mahsulotlarini standartlaştiriş böyiça normativ hujjatlarni qöllaşda majburiylik xususiyatini bekor qiliş va ixtiyoriylikni ta'minlaş yuzasidan belgilangan tartibda çora-tadbirlar köradi.
4. Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi,
“Özbekoziqovqatxolding” XK, "Özstandart" agentligi Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qöllaş tartibi töğrisida aholi, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari keng xabardor qilinişini ta'minlaydilar.
5. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari - Qişloq va suv xöjaligi vaziri Z.T.Mirzayev, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari - “Özagrotexsanoatxolding” AJ boşqaruvi raisi N.S.Otajonov, “Özbekoziqovqatxolding” XK boşqaruvi raisi T.A.Jalilov hamda "Özstandart" agentligi boş direktori A.U.Karimov zimmasiga yuklandi.
Hujjatning töliq matni bilan Lex.uz saytida tanişiş mumkin.












