Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 iyul kungi selektorda mas’ullarga tovar va xizmatlar taklifini köpaytiriş orqali inflyatsiyani jilovlaş vazifasi qöyilganini eslatdi.

Viloyat hokimlari yanvar-iyun oylarida inflyatsiyani 3 foizdan oşirmaslikni maqsad qilgan edi. Lekin Samarqand viloyatidan taşqari birorta hudud buni uddalay olmadi.

Davlat rahbari aprel-iyun oylarida göşt narxi 6-8 foizga kötarilganini qayd etdi. Şu sababli import göştni samolyotda taşiş xarajatlarini qoplaş uçun 300 milliard söm ajratilgan. Poytaxt va Toşkent viloyatidan tadbirkorlar samolyotda 1300 tonna göşt olib kelgan bölsa, boşqa hududlar bu borada yetarli taşabbus körsatmagan.

Şavkat Mirziyoyev hokimlar va mas’ullar göşt balansini viloyatlar kesimida qayta körib çiqib, qaçon va qaysi davlatdan qança göşt olib keliş böyiça aniq reja tuzişi şartligini ta’kidladi.

Yil yakunigaça çetdan 100 ming boş qoramol va 150 ming boş qöy-eçki olib keliş vazifasi qöyildi.

Göştni samolyotda olib keliş böyiça imtiyoz yil yakunigaça uzaytiriladi.

Göşt yetiştirişni köpaytirişga qöşimça 50 mln dollar

Qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari çorvaçilikdagi haqiqiy holatni körsatib berdi. Ilgari ma’lum qilingan raqamlarga nisbatan qoramollar soni 2,1 million boşga, qöy va eçkilar soni 1,5 million boşga kam çiqdi.

Birgina Qaşqadaryo viloyatida qoramollar soni 171 ming boşga, qöy va eçkilar 288 ming boşga kamligi aniqlangan. Bu uşbu viloyat hisobidan bozorga 50 ming tonna göşt va 120 million litr sut çiqmasligini anglatadi.

Çorvaçilik loyihalari uçun may oyida Qişloq xöjaligi jamğarmasidan 1 trillion söm ajratilgan. Bunga qöşimça ravişda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasidan yana 50 million dollar yönaltiriladi.

Mazkur mablağlar hisobidan çorva kompleksi taşkil etişga 5 milliard sömgaça, naslli qoramolçilik uçun 20 milliard sömgaça 10 foizli kredit ajratiladi. Kreditlar 10 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.

Kartoşka narxi