Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekistonda OIV virusi keltirib çiqaradigan kasallik tarqalişiga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

OIV infeksiyasi tarqalişining oldini oliş tizimini yanada takomillaştiriş, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş maqsadida: 

1. 2018 yilda Özbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş Davlat dasturi (keyingi örinlarda Davlat dasturi deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlandi. 

2. Belgilab qöyilişiça, 2018 yil 1 iyuldan boşlab OIV infeksiyasiga taşxis qöyiş bilan şuğullanuvçi tumanlararo diagnostika laboratoriyalari hududiy OITSga qarşi kuraşiş markazlari tarkibiga kiritiladi va markazlarga uşbu laboratoriyalarni moliyalaştiriş, moddiy-texnik ta'minlaş hamda faoliyatiga taşkiliy-metodik rahbarlik qiliş yuklanadi. 

3. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş böyiça vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamoat taşkilotlari faoliyati va hamkorligini muvofiqlaştiradi. 

4. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 

Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarni amalga oşiriş uçun zarur mablağlarni ajratadi; 

kelgusi yillarda retrovirusga qarşi preparatlar va OIV infeksiyasini yuqtirgan şaxslarni davolaş samaradorligi monitoringini olib boriş uçun zarur bölgan test-sistemalar bilan ta'minlaşga Davlat byudjyetidan mablağlar ajratiş bosqiçma-bosqiç oşirib borilişini nazarda tutadi. 

5. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi: 

Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda uç oy muddatda OIV infeksiyasi va qöşimça kasalliklarga taşxis qöyiş va ularni davolaş uçun zarur bölgan diagnostikumlar va test-sistemalarni mahalliy şaroitda işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça takliflar kiritadi; 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan birgalikda Davlat dasturida belgilangan tadbirlar ijrosi ustidan monitoring olib borilişini va har çorakda amalga oşirilgan tadbirlar haqida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobotlar taqdim etilişini ta'minlaydi; 

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Taşqi işlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda Özbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça tadbirlarni amalga oşiriş uçun xalqaro va xorijiy taşkilotlarning grant mablağlarini jalb etiş böyiça zarur çoralar köradi; 

Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda OIV infeksiyasining oldini oliş, taşxis qöyiş hamda davolaş sohalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş va muvofiqlaştiriş böyiça tizimli işlarni olib borsin, ilmiy va innovatsion tadqiqotlar natijalari soğliqni saqlaş amaliyotiga tatbiq etilişini ta'minlaydi; 

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat çegaralarini himoya qiluvçi qömitasi, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi, Özbekiston fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Din işlari böyiça qömita va Özbekiston yoşlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda OIV infeksiyasi yuqiş xavfi yuqori bölgan guruhlar, xususan, mehnat migrantlari va ularning oila a'zolari, şuningdek, maişiy xizmat körsatiş muassasalari xodimlari orasida OIV infeksiyasining profilaktikasi böyiça tuşuntiriş-tarğibot işlarini hamkorlikda amalga oşiriş şartligini nazarda tutuvçi tartibni işlab çiqadi va tasdiqlaydi.

6. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi aholi orasida OIV infeksiyasining oldini oliş, taşxis qöyiş va davolaş masalalari böyiça axborot-ma'rifiy işlarni olib boradi. 

7. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelişgan holda bir oy muddatda OIV infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça tarmoq rejasini tasdiqlaydi va bajarilişini ta'minlaydi. 

8. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari: 

davolaş-profilaktika muassasalari ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda sterilizatsiya bölimlari va punktlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, ularni zamonaviy apparatlar va asbob-anjomlar bilan töliq jihozlaş uçun zarur mablağ ajratilişini nazarda tutadi; 

davolaş-profilaktika muassasalarini bir marotaba işlatiladigan tibbiy asbob-anjomlar, test-sistemalar, diagnostikumlar va sarflovçi materiallar bilan ta'minlaydi. 

9. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi: 

Özbekiston Respublikasida 2018 yilda OIV infeksiyasi tarqalişining oldini olişga qaratilgan Davlat dasturining ijrosi tahlili natijalari böyiça 2019 yilda OIV infeksiyasiga qarşi kuraşiş sohasidagi kompleks çora-tadbirlarni yanada takomillaştiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi; 

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boşqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda uşbu qarordan kelib çiqqan holda qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etadi. 

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi R.Qosimov va Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Q.Akmalov zimmasiga yuklandi.