Bugun, 25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Özbekiston futbol federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi taşkil etildi.

Hisobot-saylov konferensiyasida Özbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi prezidenti etib saylangan Oçilboy Ramatov özbek futbolining oğriqli nuqtalarini tilga olib ötdi.

Yangi rahbar ötgan davr mobaynida Özbekistondagi futbol stadionlariga muxlislar taşrifi keskin kamayib ketganini qayd etib ötib, buni rahbariyat «pastga tuşib işlamasdan, faqat Toşkentda ötirgani» bilan izohladi.

«Hamma futbolçi Toşkentdagi jamoalarga yiğildi. Viloyatlardagi futbol öldi.

Bu vaqtda esa boşqa davlatlarda, masalan, arab davlatlari töğri iş olib bordi, hakamlikka e'tibor qaratildi. Ular vatan uçun futbol qançali kerakligini his qilib işlaşdi. Mana, endi ular bizdan ötib ketdi. Biz esa pozitsiyalarimizni yöqotdik.

Öyinlarga tomoşabin kelmay qöydi. Nega? Tomoşabin kelmasa, nega kerak futbol? Bu ommaviy sport turi. Iş kunida çarçagan odamlar uçun hordiq çiqariş vositasi bölişi kerak. Yoşlar vaqtini yomon işlar bilan ötkazmasligi uçun. Futbol - odamlar uçun bölişi kerak.

«Paxtakor» stadioniga bir vaqtlar 50-55 ming kişi kelardi. Qani endi öşa muxlislar?

Çunki, bizning futbolda «öyin» köp. Futbol emas, boşqaça öyin», - deya Oçilboy Ramatovning sözlarini keltiradi «Tribuna» muxbiri.