Özbekistonda kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlar tayyorlaş tizimidagi muhim vazifalar belgilab olindi. KUN.UZ muxbiri 25 yanvar kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan taşkillaştirilgan brifingda taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Prezidentning "Umumiy örta, örta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmonida kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlar tayyorlaş tizimidagi muhim vazifalar qayd etilgan.
Unga iqtisodiyotning rivojlaniş istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarini hisobga olib, ehtiyoj yuqori bölgan va turdoş mutaxassisliklar böyiça zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda işlaş böyiça amaliy könikmalarga ega bölgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlaş közda tutilgan.
Şuningdek yangi farmonda kadrlarga bölgan real ehtiyojni, iş beruvçi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uçun zarur mutaxassislar tayyorlaş sifatini tubdan yaxşilaş böyiça kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlaştiriş vazifasi qöyilgan.
Yoşlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy mustaqillik ğoyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalaşga, şuningdek öquvçilarda boy ilmiy, madaniy va ma'naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirişga yönaltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik şakllar va usullar asosida taşkil etiş - soha kadrlarining ustuvor vazifalarning biridir.
Bundan taşqari, farmonda yetakçi mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, zamonaviy innovatsion öquv loyihalarini birgalikda amalga oşiriş uçun kasb-hunar ta'limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etiş ham közda tutilgan.
Kasb-hunar ta'limi milliy standartlari talablarini xalqaro ta'lim standartlari tasniflaş içiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlaştiriş, milliy malaka talablarini bosqiçma-bosqiç xalqaro analoglarga moslaştiriş va e'tirof etilişiga qaratilgan işlarni taşkil etiş nazarda tutilgan.
Şuningdek kasbga örgatiş bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta'lim olişni birgalikda olib boradigan, şuningdek nodavlat ta'lim sektorini uzluksiz davlat ta'lim tizimi bilan samarali integratsiyalaş, tabaqalaştirilgan ta'lim jarayonini taşkil etiş böyiça orttirilgan amaliy tajribani tizimlaştiriş va kelgusida amaliyotga joriy etiş ham muhim ahamiyat kasb etişi ta'kidlangan.
Mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qiliş, uni barqaror östiriş hamda modernizatsiyalaş jarayonlarida samarali iştirok etişga qodir bölgan kadrlarni tayyorlaş maqsadida öquv jarayoniga innovatsion ğoyalar, texnologiyalar va işlamalarni faol qöllab, kasb-hunar ta'limi va işlab çiqarişning özaro yaqin hamkorligini ta'minlaş kadrlar tayyorlaşdagi muhim vazifalardan biridir.
Bundan taşqari, farmonda yuqori samarali öquv labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va innovatsion texnologiyalarga asoslangan parklar bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini şakllantiriş va yanada mustahkamlaş, undan samarali foydalanişga asoslangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş ham nazarda tutilgan.











