Prezident Şavkat Mirziyoyev 18-sentabr kuni Nukus şahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanişdi.
Davlat rahbari qaroriga muvofiq, mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning “Pearson BTEC” xalqaro taʼlim dasturi joriy etildi. Dunyoning 70 ta mamlakatida qöllanilayotgan uşbu dastur Özbekistonda ilk bor mazkur texnikumda yölga qöyildi. Uning asosiy xususiyati nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan uyğunlaştirişdir. Şu maqsadda taʼlim standartlariga mos zamonaviy öquv ustaxonalari va raqamli laboratoriyalar taşkil etildi.

Loyihaning umumiy qiymati 11,9 milliard söm bölib, şundan 2 milliard söm hamkorlar tomonidan ajratildi. Natijada 240 örinli zamonaviy ustaxonalar yaratildi. Texnikumda jami 1 ming 203 nafar öquvçi taʼlim olmoqda.
Muassasa 4 gektar maydonda joylaşgan bölib, bino va inşootlarining umumiy maydoni 4,6 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Bu yerda dual taʼlimni yölga qöyib, hudud iqtisodiyotining yetakçi tarmoqlari uçun mutaxassislar tayyorlaş közda tutilgan. Xalqaro dastur bitiruvçilariga 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom beriladi.

Xususiy hamkor Salovutdin Ilyosov iştirokida “spin-off” taʼlim dasturi ham yölga qöyilgan. Uning doirasida 136 nafar öquvçi talab yuqori bölgan zamonaviy kasblarni egallamoqda. Asosiy fanlar ingliz tilida öqitilib, öquv-uslubiy materiallar ham şu tilda taqdim etilmoqda. Bu öquvçilarning kasbiy bilimlari bilan birga sohaviy til könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Amaliy tayyorgarlik natijasida bitiruvçilarning xorijda işlaş imkoniyatlari kengaymoqda. Joriy yilda texnikumda payvandçilik böyiça öqitilgan 25 nafar işsiz fuqaro Estoniyaga işga yuborildi. Ular oyiga 3 ming yevrogaça iş haqi olmoqda.
Şuningdek, taşkil etilayotgan 40 million dollarlik sanoat zonasi uçun zarur mutaxassislarni mazkur texnikumda tayyorlaş böyiça kelişuvlarga erişilgan. Bu taʼlimni işlab çiqariş bilan boğlaş va bitiruvçilar bandligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Davlat rahbari texnikumda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Xalqaro mehnat bozorida malakali kadrlarga talab ortib borayotgani qayd etilib, öquv jarayonlarini iş beruvçilar ehtiyojlariga muvofiq taşkil etiş böyiça körsatmalar berildi.

















