Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tojik va özbek kinorejissyori Baqo Sodiqovga Özbekiston fuqaroligi berildi.
“2018 yil 26 yanvarda Baqo Qodiroviç Sodiqovga tantanali ravişda Özbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti topşirildi. Pasportning topşirilişi marosimi Toşkent şahri hokimiyatida bölib ötdi”, deb ma'lum qildi yozuvçi va rejissyorning dösti Muhiddin Mahmudov.
Baqo Sodiqov sobiq ittifoq, tojik va özbek kinorejissyori bölib, 1997 yildan beri oilasi bilan Özbekistonda yaşab keladi.
Sodiqov sobiq ittifoqdagi mualliflik kinosining asosçilaridan biri bölib, Moskva va Toşkentda öqigan, Tojikiston va Özbekiston studiyalarida filmlar suratga olgan.
Unga “Adonis – XIV”, “Quyun”, “Imom al-Buxoriy" filmlari maşhurlik keltirgan.
1991 yildan 1997 yilgaça tojikistonlik, özbekistonlik va qozoğistonlik kinematograflar bilan hamkorlikda bir neçta filmlar suratga olgan. Bu filmlar orasida “Josus”, “Orol”, “Imom al-Buxoriy” va “Buyuk Amir Temur” filmlari bor.











