Özbekistonning Novosibirsk şahridagi Boş konsuli Aslam Akbarov Kuzbass klinik konçilar salomatligini muhofaza qiliş markazining neyroxirurgiya bölimida davolanayotgan Özbekiston fuqarosi B.T. holidan xabar oldi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Boş konsul tibbiyot muassasasida bemorning ahvoli bilan tanişib, uni davolayotgan şifokor bilan suhbatlaşgan.
Şifokor ma’lumotiga köra, Özbekiston fuqarosi balandlikdan yiqilişi oqibatida törtta umurtqasi, qovurğalari, oyoq panjasi va tizzasidan jarohat olgan.
Unga zudlik bilan umurtqa va tizza böğimida ikkita jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Şuningdek, bemorning harakatlanişini barqarorlaştiriş uçun zarur maxsus tibbiy moslamalar örnatilgan.
Hozirda bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Şifokorlarning bildirişiça, uning hayoti uçun xavf mavjud emas.
Şu bilan birga, Özbekiston Boş konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi hamkorligida vatandoşning davolanişini Özbekistonda davom ettiriş masalasi hal etilmoqda.
Xususan, uni aviareys orqali Toşkentga yetkaziş böyiça tegişli çoralar körilmoqda.











