«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Özbekistonning Belarusdagi elçixonasiga M.T. ismli fuqaro murojaat qilib, oğir moliyaviy ahvolga tuşib qolgani sababli vatanga qaytişda amaliy yordam söragan.

Ma’lum bölişiça, fuqaro joriy yilning iyul oyida mehnat faoliyati bilan şuğullaniş maqsadida Belarusga borgan. Biroq Minsk şahriga yetib kelgaç, uni işga taklif qilgan şaxs aloqaga çiqmay qöygan.

M.T. bir neça kun davomida iş beruvçi bilan boğlanişga uringan, ammo harakatlari natija bermagan. Oqibatda u işsiz va mablağsiz qolib, oğir moliyaviy vaziyatga tuşgan.

Şundan söng diplomatlar fuqarodan zarur ariza va hujjatlarni tezkor tartibda qabul qilgan. Özbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda Migratsiya jamğarmasi mablağlari hisobidan uning nomiga vatanga qaytiş uçun aviaçipta rasmiylaştirilgan.

Natijada, 24 iyul kuni M.T. Belavia aviakompaniyasining Minsk–Toşkent reysi orqali Özbekistonga qaytarilgan.