Farzand tavalludi — juda quvonçli voqea. Şu bilan birga öta mas'uliyatli ham. Dastlabki murakkab palla çaqaloqqa ism tanlaşda yuzaga keladi. Ayrim hollarda yoş ota-ona farzandiga ism qöyişni oilasidagi eng hurmatli keksalarga (odatda, ota tomondan bobosiga) işonib topşirişadi, ayrimlar esa qandaydir yozilmagan qoidalar va irim-sirimlarga murojaat qilişadi. Eng sönggi modadagi ismlar ham borligiga nima deysiz? «Oçiq Osiyo onlayn» 2017 yilda Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston va Tojikistonda qaysi ismlar köproq qöyilganini aniqlaşga harakat qilib kördi.

Qirğiziston. Sof musulmonça ismlar

«Oçiq Osiyo onlayn» hamkori — kaktus.media’ga bunday ma'lumotlarni davlat qayd etiş xizmati bergan. Ularning bergan ma'lumotiga köra, öğil bolalarga qöyilgan ismlar içra eng maşhuri Umar bölgan. Qirğizistonda 2017 yilda 2886 ta çaqaloqqa şu ism qöyilgan.

Öğil bolalarga qöyiluvçi Umar ismi arab tilidan tarjima qilinsa «hayot» ma'nosini beradi. Islom olamidagi ikkinçi xalifaning ismi şunday bölgan.

Qiz bolalar ismi içra eng maşhuri Rayana bölgani qayd etilgan. 2017 yilda 1860 qizaloqqa şu ism qöyilgan.

Foto: Radio Free Europe

Rayana ismi ham arabça. Talqinlarning biriga köra u «tölatilgan, töyintirib suğorilgan» ma'nosini beradi.

2017 yilda jami 155 ming 36 çaqaloq tuğilgan. 2016 yilda ularning soni 159 ming 584 nafar bölgan. 2015 yilda eng maşhur ismlar Umar va Oybeka (Aybiyke) bölgan. Sönggi ön yil içida eng maşhur ismlar Azamat, Aleksandr, Nurbek, Nurlan va Oybek singarilari bölgan. Qiz bolalar ismi içra Oynura (Aynura), Nargiza, Tatyana, Dinara va Aida köproq uçragan.

Qozoğiston. Urf özgarmayapti

Alixon va Ayzere (Oyzara) Ostonadagi eng köp qöyilgan ismlar bölgan, deb xabar beradi şahar hokimiyatining rasmiy sayti. 2017 yilda Ayzere ismi Qozoğiston poytaxtida 405 ta çaqaloqqa qöyilgan. Ikkinçi örinda Aylin — 354 marta. Uçinçi örinda Amina ismi bormoqda — 353 marta. Ötgan yili Ayaru, Oyşa, Rayana, Ayala, Kausar, Madina, Dariya kabi ismlar ham köp qöyilgan. Dastlabki önlikdan taşqarida Adiya, Aysana, Inju, Ayim va Tömaris kabi ismlar bor.

Foto: astana.gov.kz

Öğil bolalar içra eng maşhur ismlar uçligiga Alixon, Amir va Ali kirgan. Ötgan 12 oy içida bu ismlar bilan mos ravişda 328, 255 va 222 çaqaloq nomlangan. Bulardan taşqari öğilçalarga Oysulton, Sanjar, Oldiyor, Erasil, Arlan, Arsen, Nurislom, Alan, Mansur, Ramazon, Meros va Alinur kabi ismlar qöyilgan.

Poytaxtda yil böyi jami 34.087 ta çaqaloq tuğilgan. Bu esa 2016 yilga nisbatan 2031 taga köpdir.

Qozoğiston böyiça töliq ma'lumotlar yöq. Lekin yarim yillik ma'lumotlarga tayanilsa, butun mamlakat böylab ahvol poytaxtdagiga juda öxşaş: Ayzere va Alixon yetakçilik qilmoqda. Ayzere tuğilgan qizaloqlarga qöyilayotgan ismlar içra yetakçilikni qatorasiga uçinçi yildirki bermayapti.

Ayzere — turkiyça-forsça ism. «Ay» turkiy tillarda «oy» degani, «zer» esa forsça «zar» (oltin) ma'nosini beradi. Köçma ma'noda bu ismga «vafodor», «gözal», «ziyrak» ma'nosini yuklaşadi.

Umuman olganda, uçlikda qizlar ismi içra Ayzere, Ayaru va Rayana, öğil bolalarning ismlari orasida Alixon, Oysulton va Nurislom yetakçilik qilmoqda.

Alixon ismi arab-turk tillaridan kelib çiqqan bir bir neça tarjimaga ega. Talqinlardan biriga köra, Alixon — «Xudoning şeri» ma'nosini beradi. Ikkinçi talqinga köra Ali söziga köra va turk yoki möğullarning xon, podşoh, hukmdor titullariga binoan «buyuk xon» yoki «ilohiy hukmdor» ma'nosini beradi.

Özbekiston. Barçasi an'analar doirasida

Özbekiston Respublikasi adliya vazirligi özining Telegram kanalida mamlakatning 2017 yildagi tuğilişga oid fuqarolik holatini qayd etiş böyiça ma'lumotlarni e'lon qildi. Unga köra, respublikada 722.094 nafar çaqaloq tuğilgan. Bu bir yil avvalgiga nisbatan 10.490 bolaga kam. Öğil bolalar qizaloqlarga nisbatan köproq tuğilgan.

2017 yilda qizaloqlarga qöyilgan ismlar içra Madina ismi yetakçilik qilgan. Mamlakatda 5678 ta qizaloqqa şu ism qöyilgan. Öğil bolalar içra eng maşhur ism Azizbek bölgan — 5674 marta. Umuman, www.factorname.ru sayti ma'lumotlariga köra, Aziz ismi (uning Azizbek, Azizjon variantlari) 17 yoşdan 25 yoşgaça bölgan yigitlarning maşhur ismlari yigirmataligiga kiradi. Biroq 25 yoşgaça bölgan özbekistonlik öğil bolalar ismi içra eng maşhuri Sardor ismidir. Rossiyaliklar negadir özbeklarda eng köp tarqalgan ism Rustam yoki Anvar deb hisoblaşar ekan.

Foto: theopenasia.net

Adliya vazirligi tuğilgan çaqaloqlar böyiça yana bir qiziq ma'lumotni bayon qilgan. Ötgan yili Özbekistonda oğirligi qariyb 10 kilogram, aniqroği 9870 gramm bölgan qizaloq dunyoga kelgan. Eng daroz çaqaloqning böyi 70 santimetrni taşkil etgan. Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida esa ona özining 9-farzandini dunyoga keltirgan.

Tojikiston. Heç qanday özboşimçaliksiz

Tojikistondagi maşhur ismlar haqidagi ma'lumot oşkor etilmaydi. Lekin u yerda yangi tuğilayotgan çaqaloqlarga qöyilişi lozim bölgan ismlardan iborat, qat'iyat bilan tavsiya etilayotgan katalog bor. Uning tuzilişi haqida gap-sözlar 2015 yildan boşlangan bölsa-da, u faqat ötgan yilga kelib çop etildi. Ilgariroq, çaqaloqlarni milliy madaniyatga xos bölmagan ismlar bilan ataşni taqiqlovçi qonun qabul qilingan. Töplamga 3 mingdan ziyod ismlar kiritilib, ularning tojikça, rusça va inglizça yoziliş variantlari körsatib ötilgan. Naşrning umumiy tiraji 10 ming nusxani taşkil etgan.

Lekin ota-onalar farzandiga tasdiqlangan «Milliy ismlar reyestri»dan tanlaşga majbur emas. Nima bölganda ham, Tojikiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy qonunçilik markazi direktori Mahmad Rahimzoda şunday degan, — deb yozadi Sputnik Tojikiston. Amaldor nafaqat bunday huquq mavjudligini ta'kidlagan, özi ham reyestrga qarşi borgan. U nevarasiga Aşkinoz deb ism qöygan, bu ism «Milliy ismlar reyestri»da yöq. «Barça ota-onalar öz farzandi uçun özlari çiroyli nom tanlaşga haqli. Masalan, men nevaramga Aşkinoz deb ism qöydim. Bu ism katalogda yöq. Lekin men maxsus komissiyaga xat bilan murojaat qildim, ular mening tanlovimni ma'qullaşdi», — degan Rahimzoda.

Mulozim öz farzandiga noodatiy ismlar qöymoqçi bölgan yangi tuğilgan çaqaloqlarning ota-onalariga öz takliflari bilan maxsus komissiyaga murojaat qilişni maslahat bergan.