Qirğiziston Özbekistonga elektr energiyasi eksportini Bişkek IEM ta'mirdan çiqarilganidan söng boşlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda Qirğiziston «Milliy energetika holdingi» boşqaruvi raisi Oybek Kaliyev jurnalistlar bilan uçraşuvda ma'lum qildi.

Qirğiziston OAV xabariga köra esa, Milliy energetika holdingi Bişkek IEMdagi avariya bartaraf etilganidan söng Özbekistonga elektr energiyasi eksportini tiklaydi.

«IEMdagi avariya va Özbekiston elektr energiyasi eksporti örtasida boğliqlik yöq. Biz eksport qilayotgan hajm töla balansdadir. Biz bugun eksportni tiklaş maqsadga muvofiq böladi, deb hisoblamoqdamiz», - deya aytib ötdi Kaliyev.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston sovuqlar tufayli Özbekistonga elektr energiyasi eksportini töxtatgani xabar berilgandi.