Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qarşi tumanidagi “Baxt” köp tarmoqli fermer xöjaligiga taşrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur fermer xöjaligi çorvaçilik, parrandaçilik, tuyaçilik, yilqiçilik, quyonçilikka ixtisoslaşgan. 4 gektarda intensiv boğ, 1 gektar maydonda issiqxona taşkil etilgan.
Davlat rahbari fermer xöjaligida qöşimça tarmoqlarni işga tuşiriş hisobiga yangi iş örinlarini yanada köpaytiriş böyiça tavsiyalar berdi.
Şu yerda viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, aççiq qalampir, kovrak plantatsiyalari taşkil etiş, çorvaçilik, kurkaçilik majmualari, pistazor va yonğoqzorlar barpo etiş, örmon xöjaliklarida intensiv usulda köçat yetiştiriş, sutni qayta işlaş, asalariçilik loyihalari taqdimoti ham ötkazildi.
Prezident limonçilikni rivojlantirişga alohida e'tibor qaratdi.
Limonçilik nafaqat Qaşqadaryo vohasi, balki mamlakatimiz uçun eng serdaromad sohalardan. Bu tarmoqni rivojlantiriş iqtisodiyotimiz raqobatbardoşligini oşiriş, qöşimça daromad manbaini yaratişga xizmat qiladi. Şu bois mazkur istiqbolli yönalişni qöllab-quvvatlaş, Qaşqadaryo misolida limonçilik uyuşmasini taşkil etiş lozim, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Qaşqadaryo viloyatida teri xomaşyosini qayta işlaş va çarm-poyabzal klasterini barpo etiş, aholini tuxum va parranda göşti bilan ta'minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar ham atrofliça muhokama etildi.
Prezident barça loyihalarni takomillaştiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi.












