Özbekiston va Qirğiziston «Toşkent-Bişkek» («Ğişt köprik» ötkaziş punkti orqali), «Andijon-Öş» («Döstlik» ötkaziş punkti orqali) va «Farğona-Öş» («Özbekiston» ötkaziş punkti orqali) muntazam avtobus qatnovlarini tiklaydi.

Özbekiston Avtomobil va daryo transport agentligi matbuot xizmati xabariga köra, 22-25 yanvar kunlari Toşkent şahrida «Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy» avtomobil yölagini şakllantiriş va uşbu davlatlar örtasida xalqaro avtomobil taşuvlari sohasida hamkorlikni rivojlantiriş böyiça yiğilişlar ötkazildi.

Xitoy tomoni bilan Özbekiston avtotransport vositalari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi hududiga yuklarni tösiqlarsiz olib ötiş töğrisida kelişuvga erişildi. Şuningdek, delegatsiyalar ikki davlat örtasida xalqaro avtomobil taşuvlari uçun ruxsatnoma blankalarini almaşiş haqida kelişib olişdi.