Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov AQŞ Moliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan «Kreml hisoboti»ni «avval kuzatilmagan ahmoqlik» deb atadi hamda «bu borada vaziyat özgarişi»ni ta'kidlab ötdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

«AQŞning yangi röyxati. Insoniyat tarixida avval heç qaçon kuzatilmagan öziga işonç va ahmoqlik! Zamonaviy dunyoda bunday ahmoqona qadamlarni qöyiş mumkin emas. Ular Rossiyasiz bironta ham xalqaro muammoga yeçim topa olmaydi. Bu borada vaziyat özgaradi! Hamda u AQŞ arboblarining tuşiga ham kirmagan effektga ega böladi!» - deya ma'lum qildi Qodirov.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Moliya vazirligi «Kreml hisoboti»ni e'lon qilgani xabar berilgandi. Undagi röyxatdan rossiyalik 114 siyosatçi va 96 tadbirkor nomi örin olgan.

Bundan avval «Kreml hisoboti»dan boyligi 1 mlrd dollardan köproq bölgan tadbirkorlar joy olgani ma'lum qilingandi.