Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qarşi tumanidagi “LT Textile International” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanişdi. Şavkat Mirziyoyev ötgan yil fevral oyida  Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida begilab bergan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinçi bosqiçi 2017 yil iyul oyida foydalanişga topşirildi. Bu yerga Germaniya va Şveytsariyadan zamonaviy va energiya tejamkor töqimaçilik asbob-uskunalar keltirib örnatildi. 700 dan ortiq iş örni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoşlar Xitoyda kasb mahoratini oşirib qaytgan.  

Korxonada paxta tolasi qayta işlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti işlab çiqariş imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yönaltiriş közda tutilgan. Ötgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta işlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi. 

Şavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanişdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlaşdi. Töğridan-töğri investitsiyalarni rağbatlantiriş, eksport faoliyatini rivojlantiriş, iş örinlarini köpaytiriş böyiça topşiriqlar berdi. 

Şu yerda Qaşqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantiriş dasturi taqdim etildi. Xususan, “LT Textile International” mas'uliyati çeklangan jamiyatini rivojlantirişning II va III bosqiçlari doirasida amalga oşiriladigan işlar loyihasi haqida ma'lumot berildi.