AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerika kongressi oldida «Mamlakat holati haqida» nutqi bilan çiqiş qilib, Qöşma Ştatlar qöşinlarining Afğonistondan olib çiqilişi uçun «sun'iy vaqt çegaralari» bölmasligini ma'lum qildi.

«Afğonistondagi bizning jangçilarimiz jangning yangi qoidalarini özlaştirişdi. Afğonistonda bizning qurolli kuçlar qahramon şeriklar bilan endi sun'iy vaqt çegaralari tufayli xavfga uçramayapti, hamda biz duşmanlarimizga öz rejalarimizni aytayotganimiz yöq», - deya aytib ötdi Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp toliblar bilan muzokaralarni istisno etib, Kobulda yuz bergan qator terrorçilik hujumlaridan söng ularni «tugatiş» haqida va'da bergandi.