31 yanvar kuni qişki transferlar dariçasi yopildi. Dedlayn arafasida jamoalar kutilgan va kutilmagan transferlarni amalga oşirişdi. Doimgidek bu safar ham ingliz klublari faollik körsatişdi.
Dedlaynning asosiy transferlari:
1. Per-Emerik Obameyang. «Borussiya»dan «Arsenal»ga 63 mln yevro evaziga;
2. Olive Jiru. «Arsenal»dan «Çelsi»ga 20 mln yevro evaziga;
3. Lukas Moura. «PSJ»dan «Tottenhem»ga 28,4 mln yevro evaziga;
4. Mişi Batşuayi. «Çelsi»dan «Borussiya»ga mavsum oxirigaça ijaraga (1,5 mln yevro);
5. Mark Bartra. «Borussiya»dan «Betis»ga 10,5 mln yevro evaziga;
6. Eliakim Mangalya. «Mançester Siti»dan «Everton»ga mavsum oxirigaça ijaraga;
7. Islam Slimani. «Lester»dan «Nyukasl»ga ijaraga;
8. Andre Ayyu. «Vest Hem»dan «Suonsi»ga 22,8 mln yevro evaziga;
9. Papa Ndiayye. «Galatasaroy»dan «Stok Siti»ga 16 mln yevro evaziga;
10. Sofyan Xanni. «Anderlext»dan «Spartak»ka 8 mln yevro evaziga.
Per-Emerik Obameyang «Arsenal»ga: körinişidan, «Arsenal» uşbu transferni rejalaştirmagandi, ammo hujumda supertop juftlik hosil qiliş rejasi öta jozibali çiqib qoldi. Aslida bunday yöl tutiş – arsenalça emas. Lekin endi «Arsenal»da van Persining gullagan davrlaridan beri ilk marta hujum çiziği vahimali köriniş olmoqda.

Lekin bir jihati borki, Obameyang «Arsenal»ga Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun yagona imkonga aylanayotgan Yevropa Ligasi öyinlarida qatnaşa olmaydi. Venger turnirga Genrix Mxitaryanni zayavka qilişga qaror qilgan (u joriy mavsumda yevrokuboklarda öynab qöygan ikki futbolçidan faqat birinigina turnirga zayavka qilişi mumkin edi).
Gabonlik hujumçi joriy mavsumda köp foyda keltirmasligi mumkin, ammo keyingi mavsumda Obameyang, Lyakazett, Mxitaryan va Özildan iborat hujum törtligi har qanday raqibga dahşat sola oladi!
Lukas Moura «Tottenhem»ga: Poçettino köp marta öziga şunday tipdagi futbolçi kerakligini aytib kelardi. «Bizga töğridan hujum qila oladigan futbolçi kerak. Eriksen, Son, Lamela va boşqalarga töpni qulay yetkazib bera oladiganlar kerak. Bizga raqib himoya çiziğini «buza oladigan» futbolçi kerak». Maurisio öziga Sado Mane kabi futbolçi kerakligini aytardi va endi şunday futbolçiga ega böldi.

Biroz vaqt muqaddam argentinalik mutaxassis bunday futbolçi siymosini Mussa Sissokoda körgandi, ammo fransuz futbolçining birinçi mavsumi juda yomon keçdi, hozir u yaxşi öynay boşladi, ammo boşqa rolda: Poçettino undan qarşi hujumlarda samaraliroq foydalanmoqda. Moura – jismonan yetuk futbolçi, endi uni örgatiş va uning salohiyatini töğri yönaltira oliş kerak.
Poçettino bunday iş bilan maşğul bölişni yoqtiradi.
Olive Jiru «Çelsi»da: Konte baribir hujumçiga ega böldiye. Olive u istagan hujumçi bölib çiqdi – qolaversa, uning nomzodi Krauç, Kerrol, Lorente va Solomon Rondondan yaxşiroq edi. Fransiyalik futbolçi Djyekodan farqli ravişda 1,5 yillik şartnoma tuzişga rozi böldi.

Mişi Batşuayi «Dortmund»da: «Borussiya» hujumçiga muhtoj edi. Şyurrle markaziy hujumçi rolini bajara olmasdi. Klub muzokaralarda qat'iy pozitsiyada turib oldi: ular örniga munosib hujumçi topilmas, Obameyangni 63 million yevroga ham bermoqçi emasdilar.

Batşuayi – Obameyang darajasidagi hujumçi emas, ammo «Dortmund» safidagi va transferlar bozoridagi boşqa böş hujumçilardan ança yaxşiroq. Konte Mişiga işonç bildirmadi va uni faqat majbur bölganida öynatdi. Şunga qaramasdan, belgiyalik bu yoş futbolçi mavsum yarmiga kelib barça turnirlar doirasidagi öyinlarda 10ta gol urib ulgurdi. Amalda Batşuayi kabi hujumçini barça murabbiylar qadrlaşadi, ammo Kontening talablari boşqaça ekan.
Mark Bartra «Betis»da: Kike Seten jamoasi uçun muhim investitsiya. Ötgan mavsumda u «Las-Palmas»dagi yigitlarni töp bilan muomala qilişga örgatgandi. Uning şogirdlari La Liga öyinlarda töpga egalik qiliş böyiça ikkinçi eng yaxşi körsatkiçni qayd etişgandi («Barselona»dan keyingi ikkinçi, «Real»dan oldin).

Uning «Betis»i ham şu uslubda harakatlanmoqda va yuqoridagi körsatkiç böyiça çempionatda kuçli beşlikda. Bunday futbol asosi esa – darvozadan boşlab pas berib öynaşdir. Ammo himoyadan pas bilan çiqişda xatolar kuzatilayotgandi – ayniqsa Zuxair Feddal tomonidan.
«Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvçisi hisoblanmiş Bartra bunday öyin körsatiş borasida «Betis»ning har qanday futbolçisidan ustun. U klub uçun ideal variant edi, Seten – esa Mark uçun ötgan mavsumda «Borussiya»dagi noxuşliklardan keyin eng kerakli mutaxassis.
Eliakim Mangalya «Everton»da: Laportning transferi «Siti»ga Mangalyani qöyib yuborişga imkon yaratib berdi, u jamoadagi eng kuçsiz futbolçi edi, ayniqsa töp bilan muomala qiliş borasida. U ahyon-ahyonda maydonga tuşsa ham raqiblar uning kamçiliklaridan unumli foydalanişdi. Pep jamoasida bunday futbolçiga heç qanday imkoniyat yöq edi.

Mangalya «Everton»da raqobatga bardoş berişi ham qiyin: bu yerda ham tajribali himoyaçilar jamlangan.
Ehtimol, Mangalyani yangi jamoasida kutilmagan rol kutayotgandir. Leyton Beyns jarohatda, «Everton»da esa çap oyoqda yaxşi harakatlanuvçi boşqa himoyaçi yöq. Ellardays uning şu ustunligidan foydalanişni rejalaştirgan bölişi mumkin, aslida markazda himoyalanuvçi Mangalyani çap qanotda öynatiş ham mumkin.
Islam Slimani «Lester»dan «Nyukasl»ga: Klod Pyuel hujum çiziği sxemasini özgartirdi: endi «Lester» 4-4-2 örniga 4-2-3-1 sxemasidan foydalanmoqda. Vardi – asosiy tarkibning almaşmas hujumçisi, uning ortida Demerey Grey yoki Mahrez (Okadzaki ham bor) harakatlanadi. Slimani bunday rolni bajara olmadi, Benitesga esa hujumçi kerak edi. Jazoirlik bu futbolçi Xoselu örniga jamoaning markaziy hujumçisiga aylanadi.
Barbod bölgan transfer
Riyoz Mahrez «Mançester Siti»ga öta olmadi: «Siti» Leroy Saneni yöqotgaç (u 7 haftaga safdan çiqdi) zudlik bilan uning örniga futbolçi qidira boşladi. Gvardiola birinçi e'tiborini aynan jazoirlik futbolçiga qaratgandi.
Mançesterliklar uning transferi uçun 3 marta taklif yöllaşdi - 55, 60 va 65 million funtlik – APLda çempionlikni deyarli hal qilgan va Çempionlar ligasida «Bazel»ga qarşi oson öyinlar oldida turgan jamoa bunça katta mablağ sarflaşiga hojat yöq edi. Ammo «Lester» öjarlik bilan Mahrez uçun 95 mln funt talab qilib turib oldi va barçasidan quruq qoldi.

«Siti» katta xarajat qilişdan saqlanib qoldi, «Lester» esa mojaro girdobida qoldi. Özini transferga qöyişlarini söragan Mahrez Mançesterga keta olmagaç, jamoaga boykot e'lon qildi. Endi u «Lester» safida öynaşni istamayapti.











