9 fevral kuni Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida olimpiya maş'alasi yoqilib, XXIII qişki olimpiada öyinlariga start beriladi. 107 davlatdan taşrif buyurgan 3 mingga yaqin sportçilar sportning 7 turi va 15 körinişida medallar şodasi uçun kuraşga kirişişadi.

Xöş, Markaziy Osiyo davlatlari uşbu musobaqalarda qanday iştirok etadi? Umuman, sobiq SSSR tarqalgaç, mustaqil bölgan uşbu davlatlar qişki olimpiada öyinlarida qanday qatnaşib kelişmoqda. KUN.UZ muxlislarga uşbular haqida tahliliy maqolani taqdim etadi.

1992. Albervill. Fransiya

Özbekiston, umuman, Markaziy Osiyo davlatlari qişki olimpiada öyinlarini 1992 yili Fransiyaning Albervill şahrida bölib ötgan XVI öyinlarda MDH umumiy jamoasi tarkibida boşlaşgan. Umumiy jamoa tarkibida medallarga ega çiqqanlar orasida markaziy osiyolik sportçilar yöq. Garçi, mintaqamizdan faqat Qozoğiston va Özbekiston sportçilari umumiy jamoa tarkibiga kiritilgan bölsa-da.

Mustaqil davlat sifatida Özbekiston ilk bor 1994 yili Norvegiyaning Lillehammer şahrida bölib ötgan qişki olimpiada iştirok etgan.

1994. Lillehammer. Norvegiya

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston — 29,  Özbekiston — 7, Qirğiziston atigi bir nafar sportçi bilan iştirok etgan. Turkmaniston va Tojikiston uşbu olimpiadada iştirok etmagan. Qozoğiston 1 ta oltin, 2 ta kumuş (medallarning barçasini çanği poygasida Vladimir Smirnov qölga kiritgan), Özbekiston esa 1 dona oltin medalga ega çiqqan. Ha, fristaylda öşa Lina Çeryazovaning afsonaviy saltosi hammaning esida bölsa kerak.

Foto: Lina Çeryazeva / sportportaluz.ru

1998. Nagano. Yaponiya

Markaziy Osiyo yana öşa taniş davlatlar Qozoğiston (60 sportçi),  Özbekiston (4) va  Qirğiziston (1) bilan iştirok etdi. Sportçilari safini sezilarli tarzda oşirgan Qozoğistongina atigi 2 ta bronza medal bilan kifoyalandi. Vladimir Smirnov 15 km masofaga çanği poygasida, Lyudmila Prokaşeva 5000 metrga tezkor tuşişda uçinçi örinni egallaşgan. Özbekistondan figurali uçişda Tatyana Malinina 8-örinni egallab jamoa içida eng yuqori natijani körsatgan.

Foto: Vladimir Smirnov / astanafans.com

2002. Solt Leyk Siti. AQŞ

AQŞda taşkillaştirilgan XIX qişki olimpiadada Qozoğiston 50 sportçi,  Özbekiston 6 sportçi va  Qirğiziston 2 sportçi bilan iştirok etdi. Tojikiston ilk bora qişki olimpiadalarda yagona sportçisi bilan debyut qildi. Çanğiçi Andrey Drigin keyinçalik yana ikki olimpiadada Tojikiston şarafini himoya qiladi. AQŞda ötgan mazkur olimpiada Markaziy Osiyo davlatlaridan biror sportçi şohsupaga kötarilmagani bilan yodda qolgan.

Foto: Andrey Drigin / rferl.org

2006. Turin. Italiya

Italiyada ötgan XX qişki olimpiadada Qozoğiston 56 sportçi,  Özbekiston 4 sportçi, Tojikiston va Qirğiziston 1 nafardan sportçi bilan iştirok etişdi. Turindan ham Markaziy Osiyodan borgan sportçilar medalsiz qaytişdi. Yaponiyalik sportçi Şizuka Arakava figurali uçişda mamlakatiga yagona, bölib ham oltin medalni olib bergani bilan yodda qolgan olimpiada.

Foto: Şizuka Arakava / gettyimages.com

2010. Vankuver. Kanada

XXI qişki olimpiadada Markaziy Osiyodan borgan sportçilarning «çöği» pasaya boşladi. Qozoğiston 38 sportçi, Özbekiston 3 sportçi, Qirğiziston — 2 va Tojikiston 1 nafar sportçi bilan iştirok etdi. Faqatgina Qozoğiston vakili Yelena Xrustalyova biatlonda ayollar individual poygasida kumuş medalni qölga kiritdi.

Foto: Yelena Xrustalyova / eurosport.com

2014. Soçi. Rossiya

Rossiyaning Soçi şahrida bölib ötgan, ayni paytda maşmaşalar bilan eslanayotgan XXII qişki olimpiadada Qozoğiston 52 sportçi, Özbekiston 3 sportçi, Qirğiziston va Tojikiston 1 nafardan sportçi bilan iştirok etişdi. Qozoğiston vakili Denis Ten figurali uçişda erkaklar yakkalik bahsida bronza medalga ega çiqdi.

Foto: Denis Ten / baltimoresun.com

2018. Pyongçang. Janubiy Koreya

Foto: Pyongçangdagi olimpiya stadioni / imgur.com

Pyongçangda böladigan XXIII olimpiadada Qozoğiston 43 sportçi, Özbekiston 2, Qirğiziston esa yagona sportçi bilan iştirok etişni möljallamoqda. Alohida qayd etib ötiş kerakki, Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkmaniston heç qaçon qişki olimpiada öyinlarida iştirok etmagan.

Pyongçangda Özbekistondan Komiljon Töxtayev toğ çanğisi sportining gigant slalom turida, Mişa Ge esa erkaklar yakkalik figurali uçiş sport turida maydonga çiqişadi. Ayni paytda Özbekistonda sportning qişki turlarini rivojlantirişga ham katta e'tibor berilmoqda. Toşkentda muz sporti saroyi qurilmoqda. Şunday saroy Samarqandda ham barpo etilişi rejalaştirilgan. Özbekistonda ham xokkey jamoalari taşkil etiladi. Ötgan yildan boşlab figurali uçiş sport turi böyiça federatsiya faoliyat körsata boşladi. Toğ çanğisi, fristayl kabi sport turlarini rivojlantiriş uçun mamlakatimizda salohiyat katta.

Işonamizki, kelgusida qişki olimpiadalarda Çeryazeva jasoratini takrorlovçi sportçilar özbek zaminidan yana va yana çiqaveradi. Hozirça Komiljon va Mişaga katta musobaqada zafarlar yor bölişini tilab qolamiz.

Foto: Mişa Ge / Fcc2018taipei.com

 

Ş.Şokirjonov tayyorladi.