Özbekistonlik şort-trekçi Daniil Yeybog Italiyada ötayotgan qişki Olimpiada öyinlarida 1500 metr masofada keçgan çorak final bosqiçidan muvaffaqiyatli ötdi.

Yeybog öz guruhida 2:16.963 vaqt bilan 3-bölib finişga yetib keldi va yarim finalga yöl oldi.

Yarim finaldagi çiqişida esa 2 daqiqa 18 soniya natija bilan 3-bölib finişga keldi.

Bu “A” finaliga yöllanma oliş uçun yetarli bölmadi va u “V” finalida 10-16-örinlar uçun kuraş olib bordi. “V” finalida qatnaşgan Yeybog marraga 5-bölib yetib keldi.

Uşbu natija bilan u mazkur masofadagi çiqişini 14-poğonada tugatdi.

Keça, 14 fevral kuni toğ çanğisi böyiça Özbekiston terma jamoasi a’zosi Medet Nazarov gigant-slalom dasturidagi iştirokini töxtatgandi.

Ikki start yakunida 2:46.89 daqiqa qayd etgan Medet Nazarov uşbu dasturni 50-poğonada yakunladi.

Özbekiston qişki Olimpiadada ikki nafar sportçi bilan qatnaşmoqda. Aslida, qölga kiritilgan yöllanmalar soni 4 ta edi: Dmitriy Çigirev va Yekaterina Geyniş figurali uçişning juftlik yönalişida saralaşdan ötgan edi. Lekin Çigirev tayyorgarlik jarayonida jarohat olib, Olimpiadagaça tiklana olmadi.