Rossiyalik Anastasiya Kuçerova Milandagi “San-Siro” stadionida bölib ötgan qişki Olimpiya öyinlari oçiliş marosimida Ukraina terma jamoasi tabliçkasini kötarib çiqqan. Bu haqda qiz Instagram sahifasida aytib ötgan. Associated Press (AP) agentligiga bergan intervyusida Kuçerova Ukraina sportçilarini kuzatib borişga qaror qilganini ta’kidladi.
«Bu odamlarning yonida yurib borar ekansan, ular har qanday rossiyalikni yomon körişga töla haqli ekanini tuşunasan. Şunga qaramay, menimça, ularga, ehtimol, hamma odamlar ham bir xil öylamasligini körsatiş uçun heç bölmaganda kiçik qadam taşlaş muhim», — dedi qiz.
AP aniqlaşiça, Anastasiya Kuçerova 2018 yildan beri Rossiyaga bormagan va 14 yildan buyon Milanda yaşaydi, u yerda arxitektor bölib işlaydi. Ukraina jamoasi tabliçkasini kötarib çiqişni u özi taklif qilgan. Dastlab mamlakatlarni taqsimlaş tasodifiy bölişi kerak edi, ammo keyin xoreograf köngillilardan kimning qaysi davlat böyiça xohişi bor-yöqligini söragan, şunda RFda tuğilgan qiz Ukrainani tanlagan.
Uzun kumuşrang puxovikka öranib olgan qiz ortidan beş nafar ukrain sportçisi yurib borgan — ular orasida konkiçi Yelizaveta Sidorko va figurist Kirill Marsak ham bölgan. Har ikki sportçining otasi hozir frontda.
AP bilan suhbatda Anastasiya aytişiça, çiqişdan oldin sportçilar uning rus ekanini payqagan va unga rus tilida murojaat qilgan. Kuçerovaning sözlariga köra, ruslar va ukrainlar örtasidagi «çuqur boğliqlik» alomati bölgan, «u, albatta, uruş bölmaganda saqlanib qolişi ham mumkin edi».
«Men orqaga ögirildim — ularga nima deyişimni bilmasdim, — ammo şunçaki butun stadion ularni tik turgan holda olqişlaşini aytdim», — deydi u. Tomoşabinlar jamoani qöllab-quvvatlovçi qiçqiriqlar bilan qarşi olganida, qiz yiğlab yuborgan, köngillilar libosining bir qismi bölgan katta qora közoynak ortida köz yoşlarini yaşirgan.
Kuçerova öz sözlari RFda qolgan tanişlariga zarar yetkazişi ehtimoli borligini tuşunişini ham ta’kidlagan. «Men bu haqda qayğurişim kerak va bu narsadan qörqişim kerak. Lekin menimça, agar men — demokratik davlatda yaşab, barça erkinliklardan foydalanib turgan inson qörqsam, demak, rejim ğalaba qilgan böladi», — dedi u AP'ga bergan intervyusida.













