3-noyabr oqşomida YEÇL umumiy guruh bosqiçi 4-turi doirasida 9 ta uçraşuv bölib ötdi. «PSJ» qatorasiga 4 öyinda ham ğalaba qozonib, turnir jadvalini boşqarmoqda, «Barselona» «Aston Villa»ga qarşi qiyin keçişi kutilgan öyinda yirik ğalabaga erişdi, «Bavariya» qatorasiga ikki durangdan keyin Madridda ğalaba qozonib, kuçli sakkizlikka kirib oldi.

Emeri ilojsiz qoldi

«Barselona» – «Aston Villa» 3:0
Gollar: Yamal, 7 (1:0). Rafinya, 52 (2:0). Rafinya, 64 (3:0)
«Barselona»: Garsiya, Kubarsi, Martin, Kanselu, Farinyas (Balde, 82), Pedri (Gavi, 70), Rodri (Bernal, 46), Fermin Lopes (de Yong, 70), Gordon, Yamal, Rafinya (Gabriel Jezus, 70)
«Aston Villa»: Sudzuki, Lindelyof, Pau Torres, Matsen, Keş, Kamara, Gomes (Barkli, 62), Manzambi (Goretska, 62), Buendiya (Mbay, 62), Makginn (Abraham, 77), Jekson (Alisson, 77)
Ogohlantirişlar: Rafinya, 45 – Matsen, 11. Buendiya, 31. Jekson, 45

«Barselona» bu mavsumda nisbatan kamtarona raqiblarni osonlik bilan tor-mor etib kelmoqda va istaganiça gol urmoqda. Şu bilan birga, top raqiblarga qarşi öyinlarda qiynalmoqda: kataloniyaliklar bir hafta içida «PSJ» va «Real»ga mağlub böldi. Unai Emeri boşqaruvidagi «Aston Villa» ham raqobatbardoş jamoa edi. Ammo «Barsa» inglizlarga qarşi öyinda qiyinçilikka uçramadi.

Öyinda köp narsa «Villa» himoyasidagi qöpol xatodan keyin hal böldi. Öyinning yettinçi daqiqasidayoq himoyadan çiqişda Gomes ehtiyotsizlik bilan yon tomonga pas berdi va töpga ega çiqqan Yamal olis burçakni aniq nişonga oldi.

Bu bilan u YeÇLda 20 yoşgaça urilgan gollar soni böyiça Mbappeni ortda qoldirdi (13 ga qarşi 14). Umuman, 19 yoşli vinger bu mavsumni öta yuqori notada ötkazmoqda: u «Barselona» va milliy jamoa safida 18 öyinda gol+pas böyiça allaqaçon 17+12 körsatkiçini qayd etmoqda. Şundan YeÇLda tört öyinda uç gol urdi va tört golga uzatma berdi.

«Aston Villa» himoyaçilari esa «Barselona»ning yuqori pressingidan saboq çiqarişmadi. Mehmonlar himoyadan çiqişda yerdan öynaşda davom etişdi va 26-daqiqada ikkinçi gol ötkazilişi mumkin edi.

Bu safar darvozabon Sudzuki raqibning uç futbolçisi qurşovida qolib ketdi va töpni uzoqlaştira olmadi.