Nissan yapon kompaniyasining AQŞdagi filiali qorli yöllar uçun möljallangan 370Zki rodsterining kontseptini namoyiş qiluvçi videorolik bilan bölişdi. Bu kontseptda oldi ğildiraklar çanğilar, orqa ğildiraklar esa gusenitsalar bilan almaştirilgan. Kontsept 8 fevralda oçiladigan Çikago avtosalonida ommaviy namoyiş qilinadi.

Model Nissan 370Z negizida yagona nusxada yaratilgan va qorli qiyaliklar böylab ham yura oladi. Prototipni yaratiş jarayonida Nissan muhandislari 370Z’ning podveskasini töliq özgartiriş, ğildirak arkalarini kengaytiriş va rodster kuzovini 3 dyuymga (8 sm) kötarişlariga töğri kelgan. 

Rodster 3,7 litrli, 6 silindrli, 322 ot kuçiga ega benzin dvigatel va 7 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi, modernizatsiya qilingan tormoz tizimi va kuzov tubining qöşimça himoyasi bilan jihozlangan. Kuzov tirnalişlardan himoyalovçi maxsus plyonka bilan qoplangan. 

Bu maşina yapon kompaniyasining gusenitsali avtomobillar yaratişdagi birinçi tajribasi emas. Kompaniya 2016 yilda Rogue krossoveri negizida yaratilgan gusenitsali Warrior prototipini taqdim qilgandi. Maşina yöl bilan tubi orasidagi 58 sm lik oraliq evaziga 45 graduslik qorli nişabliklardan öta olgan, maksimal tezligi 100 km/soatni taşkil qilgan.

Nissan 2017 yilda Rogue Trail Warrior Project gusenitsali krossoverini taqdim qilgan. Maşina kamuflyaj körinişida böyalgan bölib, tomida yoruğlik diodli çiroqlar, oldida esa elektr çiğir (lebyodka) örnatilgan.