AQŞ davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilişiça, Rossiya AQŞda 2018 yil noyabr oyida kongressga bölib ötadigan oraliq saylovlarga aralaşişga harakat qilib köradi. Uning ogohlantirişiça, bu ma'lum bir «oqibatlarga» olib keladi.
Bu haqda Qöşma Ştatlar Davlat departamenti rahbari Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
Tillersonning ta'kidlaşiça, agarda Moskva Amerikadagi saylovlarga «aralaşişni xohlab qolsa», AQŞ javob qadamlarni qöyişi mumkin, biroq «Rossiya harakatlarini oldini oliş juda qiyin böladi».
«Agarda töxtamasangiz, unda özingizga özingiz kutilmagan oqibatlarni keltirib çiqarasiz», - deya ma'lum qildi diplomat.












