Bugun, 7 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat çoğida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017 yil oktabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oşirilgan oliy darajadagi samarali taşrif köp qirrali va özaro manfaatli özbek-turk hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqqanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uşbu tarixiy taşrif yakunlari böyiça erişilgan aniq kelişuv va imzolangan bitimlarning bajarilişi, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, bank-moliya, transport, turizm va boşqa muhim sohalardagi yirik qöşma loyihalarni tayyorlaş hamda amalga oşiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Mazkur kelişuvlarni hayotga töliq va muddatida tatbiq etiş, muhim loyihalarni jadallaştiriş maqsadida ikki mamlakat hukumatlari örtasida muntazam ravişda muloqotlar olib borilişi va uçraşuvlar ötkazilişi yuzasidan kelişib olindi.
Şu örinda Rajab Toyyib Erdöğan Özbekistonda Turkiya fuqarolari uçun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiş böyiça qaror qabul qilinganini yuqori baholab, davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorligini bildirdi.
Özbekiston Prezidenti mazkur qaror oliy darajadagi uçraşuvlar doirasida erişilgan kelişuvlarning amaliy natijasi ekanini alohida qayd etdi. Bunday qarorning qabul qilinişi savdo-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalarida yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişi va eng asosiysi, qardoş xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini yanada mustahkamlab, turk fuqarolarining Özbekistonga taşrif buyurişlari uçun keng yöl oçib berişi ta'kidlandi.
Suhbat davomida xalqaro va boşqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Şavkat Mirziyoyev mintaqada tinçlik, osoyiştalik va barqaror taraqqiyotni ta'minlaş maqsadida joriy yil mart oyida Toşkent şahrida ötkazilişi rejalaştirilayotgan Afğonistonda tinçlikka erişiş böyiça xalqaro konferensiyaga Turkiya Respublikasi delegatsiyasini taklif etdi.
Öz navbatida, Rajab Toyyib Erdöğan uşbu taşabbusni yuksak baholab, uni amalga oşirişni töliq qöllab-quvvatlaşi hamda mazkur tadbirda Turkiyadan yuqori darajadagi vakillar iştirok etişini bildirdi.
Muloqot söngida ikki davlat rahbarlari Özbekiston va Turkiya örtasidagi azaliy döstlik va qardoşlik aloqalari hamda an'anaviy yaqin hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş va mustahkamlaşga tayyor ekanlarini yana bir bor tasdiqlaşdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni davlat taşrifi bilan mamlakatimizga taklif etdi.












