Tayvanda yuz bergan zilzila oqibatida halok bölganlar soni töqqiz kişiga yetdi, kamida 265 inson jarohat oldi. Bu haqda The Straits Times xabar qilmoqda.
Naşrning ta'kidlaşiça, kamida 63 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Avvalroq olti kişi halok bölgani va 256 inson jabrlangani haqida xabar berilgandi.
6 fevralda Tayvanning Xualyan uyezdida mahalliy soat bilan 23.50da (Toşkent vaqti bilan soat 20.50da) 6,5 magnitudali kuçli zilzila yuz berdi. Zilzila öçoği 11 km çuqurlikda bölgan. Xitoy seysmologik markazi bu zilziladan keyin magnitudasi 4,5 dan yuqori bölgan kamida 5 ta va 5,2 dan yuqori bölgan 2 ta afterşok qayd qilgan.












