AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xalqaro kosmik stansiyani xususiylaştiriş va uni «tijoriy asosdagi xususiy korxonaga» aylantiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda The Washington Post NASA hujjatlariga asosan yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ XKSni NASA yönalişi böyiça moliyalaştirişni 2024 yildan söng töxtatişni rejalaştirmoqda. Biroq aniqlik kiritilişiça, Vaşington orbital stansiyadan voz keçiş niyatida emas hamda uni davlatdan xususiy sektorga ötkazişi mumkin bölgan reja ustida işlamoqda.
«XKSni 2025 yilga borib federal miqyosda töğridan-töğri qöllab-quvvatlaş haqidagi qaror stansiyaning özi öşa vaqtga kelib orbitadan qaytarilişini anglatmaydi. Ehtimol, bu soha XKS ba'zi elementlari yoki imkoniyatlarini kelajakda tijoriy platforma sifatida foydalanişda davom etadi», - deya ta'kidlanadi hujjatda.












