Samsung Electronics korporatsiyasining displey va akkumulyatorlar işlab çiqaruvçi bölinmasi Samsung SDI eski smartfonlardan kobalt moddasini oliş uçun ularni qayta işlaşni boşlaydi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, kobalt smartfon va elektromobillarning litiy-ionli akkumulyatorlarini işlab çiqarişda qöllanadi. Ayni vaqtda kobaltning asosiy yetkazib beruvçisi Kongo Demokratik Respublikasi hisoblanadi.
Uşbu metall narxi oxirgi yilda 235 foizga qimmatlab ketgan (tonnasiga 34,6 ming dollardan 81,4 ming dollargaça). Bundan taşqari, yanvarda Kongo hukumatining kobalt eksportiga soliqni 2 foizdan 5 foizgaça kötarmoqçiligi ma'lum bölgan. CRU Group kompaniyasi prognozlariga köra, 2030 yilga kelib kobaltga talab uning hozirgi qazib olinişi hajmidan 3 marta köproq böladi. Ayni vaqtda bu hajm yiliga 100 ming tonnani taşkil qiladi.
Bloomberg ma'lumotlariga köra, Samsung SDI çiqindilarni qayta işlovçi kompaniyaning uluşini sotib olmoqçi. Bundan taşqari, SDI kobalt yetkazib berişga uzoq muddatli şartnoma imzolamoqçi va kobaltning elektromobillar akkumulyatorlaridagi miqdorini kamaytirmoqçi yoki umuman undan foydalanişdan voz keçmoqçi.
Ta'kidlanişiça, kobaltning smartfonlardan olinişi böyiça tajriba muvaffaqiyatli çiqsa, Samsung SDI Toyota Motor va Panasonic kabi gibrid elektromobillarning işlatilgan akkumulyatorlaridan uşbu metallni olişni boşlaşi mumkin.












