Töliq oçilgan holatda Mate XT2 ölçami jihatidan planşetga yaqinlaşadi - uning diagonali 10,2 dyuymni (25 sm dan ortiq) taşkil etadi. Şuningdek, kompaniya yangi smartfonda özining ilğor Kirin 9050 Pro çipidan foydalanilganini qayd etdi.

Mate XT2 narxi 20 ming yuandan (deyarli 3 ming dollar) boşlanadi, eng qimmat versiyasining bahosi esa 25 ming yuanga (3,73 ming dollar) yetadi. Smartfon sotuvi 12-sentabrdan boşlanadi.

huawei-mate-xt-2-ultimate-design-purple-02-2x
Huawei
Foto:

Sönggi paytlarda premium toifadagi buklama telefonlarga talab ortib bormoqda. Omdia kompaniyasi prognoziga köra, 2028-yilga borib ularning sotuvi 2025-yilga nisbatan ikki baravarga oşadi va 36 million donaga yetadi.

7-sentabr kuni Xitoyning yana bir kompaniyasi - Xiaomi ham özining yangi flagman buklama smartfonini taqdim etişi kutilmoqda. Şuningdek, 9-sentabr kuni bölib ötadigan taqdimotda Apple ham özining buklama smartfonini namoyiş etişi taxmin qilinmoqda.