Özbekiston aeroportlaridagi bojxona organlari xorijdan olib kirilayotgan smartfonlar va ularning IMEI-kodlari ustidan nazoratni kuçaytirdi. Bu haqda internetda tarqalgan miş-mişlarning muayyan qismini Kun.uz manbasi tasdiqladi.

Maʼlum bölişiça, yangi tartib doirasida qiymati 1 000 dollardan yuqori bölgan smartfonlar xorijdan olib kirişda bojxona organi tomonidan olib qolinib, qurilmaning IMEI kodi soxtalaştirilmaganini tasdiqlaş uçun qöşimça ekspertizaga yuboriladi. Tekşiruv 30 kungaça davom etişi mumkin.

Ayni paytda bu tartib qaysi normativ-huquqiy hujjat asosida qabul qilingani nomaʼlum bölib qolmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda IMEI kodlarning haqiqiyligini tekşiriş amaliyoti 6-noyabrdan boşlangani aytilmoqda. Eʼtiborlisi, bundan bir kun oldin – 5-noyabrda Bojxona qömitasida şu masala yuzasidan yiğiliş bölib ötgan. Qömita matbuot xizmati xabariga köra, yiğilişda IMEI-kodlarni qalbakilaştiriş, klonlaştiriş va boşqa qurilmalarga tegişli kodlardan noqonuniy foydalaniş kabi holatlar muhokama qilingan va nazorat mexanizmlarini kuçaytiriş kerakligi taʼkidlangan.

Bojxona qömitasidagi yiğilişda qömita raisining birinçi örinbosari Ğayrat Nosirov, qömita vakillari hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining Telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi masʼullari iştirok etgan. / Foto: Bojxona qömitasi matbuot xizmati

Bojxona qömitasi matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban masala yuzasidan rasmiy izoh tayyorlanayotganini maʼlum qildi. Tahririyat ertalab yöllagan söroviga oqşomga qadar javob ololmadi.

Kun.uz'ning bojxona tizimidagi manbasi esa IMEI-kodlarini tekşiriş zaruratini ularni soxtalaştiriş holatlari köpayayotgani bilan tuşuntirdi.

“Ayrim fuqarolar mamlakatga noqonuniy olib kirilgan qimmatbaho telefonlarning IMEI kodini boşqa qurilmaga köçirib, uni çegarada deklaratsiya qilmoqda. Buning ikki usuli kuzatilmoqda.

Birinçi holatda qimmatbaho telefonning IMEI kodi boşqa rusumdagi arzon telefonga köçiriladi. Masalan, bojxona deklaratsiyasida 150 dollarlik Samsung körsatiladi. Şu deklaratsiya asosida röyxatdan ötkazilgan IMEI kodi esa aslida iPhone 18 Pro Max'ga tegişli böladi.