Özbekistonning uç nafar fuqarosi Leningrad oblastidagi Rossiya-Finlyandiya çegarasida 30 ming yevro bilan uşlandi. Ular bu pullarni deklaratsiya qilişni yoddan kötarişgan yoki qilişni xohlaşmagan.
RF Şimoli-ğarbiy bojxona boşqarmasining Leningrad oblasti böyiça matbuot xizmatidan xabar berişlariça, Finlyandiyadan Rossiyaga bojxonaga postiga “Volvo” avtomobilida Özbekistonning uç fuqarosi kelgan. Ularning barçasi Finlyandiyada işlab, istiqomat qilişi aytilmoqda.
Haydovçi bojxona deklaratsiyasida faqat vaqtinçalik foydalaniş uçun olib kirilayotgan avtomobilni körsatgan.
Biroq xizmat iti kirib kelayotganlarda umumiy miqdori 31,275 ming yevrolik xorijiy valyuta borligini aniqlagan.
Özbekiston Respublikasining ikki fuqarosiga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik böyiça 2 ta iş qözğatildi. Pullar musodara etilgan.












