2018 yilning 15 fevralida Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qömondoni, general-leytenant Aleksandr Lapin boşçiligidagi Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari delegatsiyasi Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Akademiyasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining yangilangan Akademiyasi harbiy kadrlar tayyorlaş tizimida asosiy örinni egallaydi, mamlakat harbiy ilmining markazi hisoblanadi. Xorijiy armiyalar bilan keng tajriba almaşiş maqsadida Akademiya professor-öqituvçilar tarkibi tomonidan yetakçi çet el oliy öquv yurtlari bilan özaro manfaatli harbiy hamkorlik taşkil etilmoqda.
Taşrif çoğida Rossiya delegatsiyasi vakillari Akademiya kursantlari va tinglovçilarining qiziqtirgan savollariga javob qaytarişdi. Akademiya professor-öqituvçilar tarkibi Suriyada xalqaro terrorizmga qarşi kuraşda Rossiya Federatsiyasining qurolli kuçlari tajribasi bilan tanişdi.
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari vakillari akademiya tarixi va taktik, operativ hamda strategik darajada yuqori malakali xodimlarni tayyorlaş jarayoni bilan batafsil tanişdilar.












