Uels çempionati doirasida “Port Tolbot” va “Taffs Vell” jamoalari örtasida keçgan öyinda noodatiy holat yuz berdi. Gap şundaki, uçraşuv vaqtida yer silkinişi yuz bergan va şu sababli öyinni u ötib ketgunça töxtatib turişga qaror qilingan.

Ta'kidlanişiça, uçraşuv ötgan Port-Tolbot şahri zilzila öçoğidan 20 km uzoqlikda joylaşgan. Zilzila magnitudasi 4,4 ni taşkil qilgan. Zilzila markazi Uelsning Suonsi şahridan 20 km şimolda bölgan.

Voqeadan bir neça daqiqa ötgaç, uçraşuv davom ettirilgan va mezbon jamoaning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan. Zilzila oqibatida heç kim jabrlanmagan.

17 fevralda Buyuk Britaniyada 4,4 magnitudali zilzila qayd qilindi. Britaniya geologik xizmati ma'lumotlariga köra, zilzila mamlakatda oxirgi ön yillikda qayd qilingan eng kuçli zilzila bölgan. Bunday kuçdagi oxirgi zilzila 2008 yilda qayd qilingan va uning magnitudasi 5,2 ni taşkil qilgan.