Foto:Thomas Peter/AFP

AQŞ prezidenti Donald Trampning 2017 yil noyabrda Xitoyga safari vaqtida Xitoy va AQŞ xavfsizlik xizmatlari xodimlari örtasida Trampning yadroviy jomadoni sababli mojaro çiqqani ma'lum böldi. Bu haqda axborot manbalariga iqtibos keltirgan holda AQŞning Axios naşri ma'lum qildi.  

Naşr ma'lumotlariga köra, voqea 9 noyabrda yuz bergan. Tramp Xitoy rahbariyati bilan muzokaralar ötkaziladigan zalga kirgandan keyin unga doimo hamrohlik qiluvçi xodim yadroviy jomadon bilan zalga kirmoqçi bölganda qarşilikka uçragan. Xitoylik qöriqçi unga zalga kirişga yöl bermagan. Şunda AQŞ delegatsiyasi Oq uy apparati rahbari Jon Kellini çaqirişga qaror qilgan. Kelli “biz içkariga kiramiz” deb, zalga qat'iyatlik bilan yöl olgan.

“Keyin maşmaşa boşlangan. Xitoylik zobit Kellini uşlab olgan, biroq Kelli uning qölini siltab taşlagan. Keyin esa AQŞ maxfiy xizmati xodimi xitoylik zobitga taşlanib, uni yerga ağdargan”, deb voqeani bayon qilgan naşr. 

Naşrning ta'kidlaşiça, Xitoy vakillari voqea davomida yadroviy jomadonni olib qöya olişmagan.