“Özstandart” agentligi boş direktorining taklifiga asosan, Turk standartlari instituti (TSE) prezidenti S. Qörqmas mamlakatga taşrif buyurdi.

Şu munosabat bilan bölib ötgan uçraşuvda “Özstandart” agentligi va Turk standartlari instituti (TSE) bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi "Xalq sözi".

Muzokaralar doirasida özaro hamkorlikda Özbekistonda yangi qöşma laboratoriyalarni oçiş, “Özstandart” agentligi xodimlarini Turkiyada öqitişga kelişib olindi.

Şu bilan birga, uçraşuvda turli sinovlarni ötkaza oladigan “Kempus” obekti qurilişi aytib ötildi. “Kempus”da bir neça sertifikatlaştiriş idoralari mavjud böladi. Bu içki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qiliş va taşqi bozorga sifatli mahsulotlarni eksport qiliş imkoniyatini beradi.