TurkStat statistika instituti taqdim etgan ma'lumotlarga köra, 2017 yilda Turkiya aholisi orasida ajrim körsatkiçlari 3.7 foizni taşkil qilgan. 62.2 foizi esa - yangi oila qurganlar. DailySabah şu haqida xabar berdi.

Tadqiqot ma'lumotlariga muvofiq, aholining 61.8 million nafari - 15 yoşgaça va undan kattalarni taşkil qiladi. Aholining 38.6 million nafari - oilali, 2.3 millioni esa - ajraşgan. 

Ajrim eng köp qayd etilgan viloyat - Izmir böldi. Izmir - Turkiyaning kattaligi böyiça uçinçi viloyati bölib, u Egey dengizining ğarbiy qirğoğida joylaşgan. Izmir aholisi orasida ajraşganlar 6.4 foizdan iborat. Undan keyingi örinda janubi-ğarbiy Muğla provinsiyasi - 6.1 foiz. Uçinçi örinda esa 5.7 foiz ajrim körsatkiçi bilan Janubiy Antaliya kelgan. 

Oilali kişilarning eng yuqori körsatkiçi Turkiyaning şimoli-ğarbidagi Tekirdoğ viloyatiga töğri keladi - 66.9 foiz. Markaziy Afyonqorahisorda - 66.81 foiz, Ğarbiy Manisada esa - 66.8 foiz. 

Turkiyada bevalar soni 5.4 foizni taşkil qiladi, bu 3.3 million kişi degani. 

16.7 million kişi yoki aholining 27.1 foizi heç qaçon oila qurmagan.

Turkiyaning ajrim körsatkiçlari Yevropadagi qöşnilariga qaraganda ança kam. EuroStat ma'lumotlariga köra, Vengriya, Lyuksemburg, Çexiya, Ispaniya va Portugaliyada ajrim körsatkiçlari 60 foizdan oşadi. Biroq bu borada Belgiya barçasidan ötib tuşgan - 70 foiz. AQŞda ajrim koeffitsiyenti 53 foizni taşkil qiladi.

Özbekistonda 2017 yil yakunlariga köra, 306 197 yangi oila jamiyatga qöşilgan bölsa, 31 930 oila turmuşi buzilgan. 2016 yilda esa 275 048 yangi oila qurilgan bölib, 29 321 tasining nikohi bekor qilingan.