Yaqin kelajakda Özbekistonda Rossiyaning beşta yetakçi universiteti filiali oçiladi. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Abdulaziz Komilovning ta'kidlaşiça, Özbekistonda yaqin kelajakda oçilişi rejalaştirilgan filiallar madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni mustahkamlaydi.
Unga köra, quyidagi universitetlar filiallari oçiladi:
- «Moskva pölat va qotişmalar instituti» milliy tadqiqot texnologik universiteti;
- N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti;
- I.Seçenov nomidagi birinçi Moskva davlat tibbiyot universiteti;
- Moskva arxitektura universiteti;
- Rossiya texnologik universiteti.
Şuningdek Özbekiston taşqi işlar vazirining qayd etişiça, 2018 yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialini kengaytiriş rejalaştirilgan. Bunda magistraturaning amaliy matematika va informatika, psixologiya mutaxassisliklari böyiça faoliyat kengayadi.












