Sprinterlik yuguriş böyiça 8 karra Olimpiya çempioni, yamaykalik Useyn Bolt futbol klubi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda uning özi Twitter’da ma'lum qildi. 

“Men futbol klubi bilan şartnoma imzoladim. Qaysi klub bilan ekanligini esa 27 fevralda bilib olasiz”, deb yozgan 31 yoşli Bolt.

Bolt 2017 yil avgustda Londonda ötgan jahon çempionatidan keyin faoliyatini yakunlagan. U 100 va 200 metrga yugurişda qatorasiga uçta Olimpiadada (Pekin, London, Rio-de-Janeyro) oltin medalni qölga kirita olgan yagona sportçi hisoblanadi. Şuningdek, unga 100 va 200 metrga yuguriş böyiça amaldagi jahon rekordlari tegişli. 

Yanvar oxirida Bolt JARning “Mamelodi Sandaunz” futbol klubi maşğulotlarida iştirok etayotgani ma'lum qilingandi. U “Mançester Yunayted” va “Barselona”ga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida öynaşni rejalaştirgandi, biroq jarohati tufayli öz rejalarini özgartirişiga töğri kelgan.