Gap şundaki, Srinivas Govda ismli erkak hökizlar bilan yuguriş musobaqasida 100 metrga yuguriş böyiça jahon rekordini yangilay olgani ma'lum qilingan. Govdaning musobaqadagi urinişi videosi Hindistonda tez ommalaşgan va şundan keyin Hindiston yoşlar işlari va sport vazirligi u bilan qiziqib qolib, imkoniyatlarini tekşiriş uçun poytaxtga çaqirtirgan. 

“Hindiston sport vazirligidan rasmiy şaxslar u bilan boğlanişdi. Unga poytaxtgaça temir yöl çiptasi olib berildi va u vazirlikka duşanba kuni keladi. Men yetakçi milliy murabbiylar uni tegişliça tekşirişlarini ta'minlayman”, deb aytgan vazirlik rahbari Kiren Rijiju. 

Ayni vaqtda 100 metrga yuguriş böyiça rekord yamaykalik sobiq sprinter Useyn Bolt tomonidan 2009 yilda Berlindagi jahon çempionatida örnatilgan va u 9,58 soniyaga teng. Ta'kidlanişiça, hindistonlik musobaqa vaqtida 142,5 metrga masofani 13,62 soniyada, jumladan uning 100 metrini 9,55 soniyada yugurib ötgan.

Hökizlar bilan poyga “Kambala” Hindistonning Karnataka ştatida ötkazib kelinadi. Musobaqa iştirokçilari oldilarida ikkita hökizni quvgan holda suv bilan töldirilgan guruç dalasidan 132 yoki 142 metrlik masofani yugurib ötiş böyiça bellaşişadi. 2014 yilda uşbu poygalar Hindiston sudi tomonidan taqiqlangan, biroq 4 yil ötib bellaşuvning ba'zi qoidalari özgartirilgaç, uni yana ötkazişga ruxsat berilgan.