Yuguriş böyiça sakkiz karra olimpiya çempioni Useyn Bolt koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Naşrning yozişiça, yamaykalik sportçi 21 avgust kuni özining 34 yoşga tölganini nişonlaganidan söng oradan bir neça kun ötib koronavirusga topşirgan testi musbat çiqqan. Tuğilgan kun tantanasida köplab taniqli şaxslar qatnaşgan. Ular orasida «Mançester Siti» va Angliya terma jamoasi hujumçisi Rahim Sterling ham bölgan.

Bolt hozirda izolyatsiyada. Uning salomatligi borasida batafsil ma'lumot berilmayapti.

Bolt 2017 yil avgustda yengil atletikadagi faoliyatini yakunlagan. Söngra esa professional futbolçi bölişga urinib kördi, ammo 2019 yil yanvarda sportdan ketişini e'lon qildi.

Bolt — yuguriş böyiça 9 karra olimpiya va 11 karra jahon çempioni. U şuningdek, 100 metr (9,58 soniya) va 200 metrga (19,19 soniya) tez yuguriş böyiça ham amaldagi rekord sohibi hisoblanadi.