«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, ilk reys 28-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportiga qöngan. Unda Toşkentdan 160 nafar yölovçi yetib borgan.
Yangi yönaliş oçilişi munosabati bilan samolyot aeroportda anʼanaviy suv arkasi orqali kutib olingan va rasmiy marosim ötkazilgan.
Aviaqatnov Özbekistonning Islomoboddagi elçixonasi hamda Centrum Air aviakompaniyasining Şri-Lankadagi tegişli taşkilotlar bilan muzokaralari natijasida yölga qöyilgan.
Toşkent–Mattala–Toşkent yönalişidagi parvozlar 2027-yil mart oyi oxiriga qadar rejalaştirilgan.
Yangi qatnov ikki mamlakat örtasida turizm, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirişi kutilmoqda. Şuningdek, u Şri-Lankadan Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlariga Özbekiston orqali safar qiliş imkoniyatlarini oşiradi.












