AQŞ davlat departamenti Rossiyaning AQŞga zarba berişi modellaştirilgan animatsion rolik namoyiş qilinişini mas'uliyatsizlik deb atadi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

Rolik Rossiya prezidenti Vladimir Putinning federal yiğinga murojaati vaqtida namoyiş qilingan. 

Davlat departamentining rasmiy vakili Xizer Noyyertning aytişiça, boşqarmada Putinning çiqişi qiziqiş bilan kuzatilgan. “Men tuşuntirib qöymoqçiman va biz bu haqda avval ham gapirganmiz, biz dunyo yetakçilari aytayotgan har bir söz yoki fikrga javob bermoqçimasmiz. Biroq AQŞga yadroviy hujumning animatsiyasini köriş yoqimsiz böldi, bu bizga yoqmaydigan iş böldi. Biz buni xalqaro öyinçining mas'uliyatli xatti-harakati, deb hisoblay olmaymiz”, deb qöşimça qilgan Noyyert.   

Putinning nutqi vaqtida “Sarmat” raketa majmuasi sinovining ilk lavhalari körsatilgan. Internet foydalanuvçilari uşbu qurolning imkoniyatlarini namoyiş qiluvçi rolikda Florida raketalar nişoniga aylanganiga e'tibor qaratişgan.

Keyinroq uşbu video 2012 yildayoq YouTube’dagi turk kanalida joylaştirilgan bölgani aniqlangan. Ya'ni yangi qurol imkoniyatlari taqdimotida 6 yil avvalgi rolikdan foydalanilgan.

“Sarmat” oğir qit'alararo ballistik raketaga ega raketa majmuasi bölib, sobiq ittifoq davrida yaratilgan R-36M2 “Voyevoda” majmuasi örnini egallaydi.