Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Toşkent xalqaro aeroportida Germaniyaning "Mangold Konsalting" kompaniyasi boşqaruvi raisi Klaus Mangold bilan uçraşdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekistonda Germaniyaning yetakçi kompaniyalari bilan özaro manfaatli va uzoq muddatli şeriklikni rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini alohida ta'kidladi.

Bugungi kunda mamlakatda Germaniyaning "MAN", "Klaas", "Lemken", "Knauf" kabi öz sohasida yetakçi bölgan konsern va korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. "Simens", "Boş", "Vismann", "Xumana" va köplab boşqa kompaniyalar bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalari işlab çiqilmoqda. Germaniyadan Özbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarini taşkil etadi.

Uçraşuvda Germaniya kompaniyalari bilan Özbekistonda yuqori texnologiyali işlab çiqariş korxonalarini oçiş, transport-logistika va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, savdo-sotiq va qöşma loyihalarni moliyalaştiriş böyiça amaliy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

"Mangold Konsalting" kompaniyasiga raislik qiliş bilan birga turizm sohasida eng yirik kompaniyalardan biri bölgan "TUI grup" kuzatuv kengaşining rahbari sanaladigan Klaus Mangold Özbekiston Respublikasi Prezidentiga muloqot qiliş iş imkoniyati hamda Germaniya işbilarmon doiralarining mamlakatimizdagi loyihalari va takliflariga körsatilayotgan har tomonlama kömak uçun samimiy minnatdorlik bildirdi. Özbekiston bilan keng kölamli va özaro manfaatli biznes-şeriklikdan ğoyat manfaatdor ekanini qayd etdi.