Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga taşrifi doirasida Nurota tumanida 10 ming gektar lalmi yerda taşkil etiladigan intensiv pista plantatsiyalari loyihasi bilan tanişdi. ÖzA xabariga köra, davlat rahbariga uning afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berildi. Qiymati 21 milliard sömlik uşbu loyihaning amalga oşirilişi natijasida 850 kişi doimiy iş bilan ta'minlanadi. 

Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda mavjud texnologiyalar asosida ekilgan pista 11-12 yilda hosilga kiradi. Bir tup daraxtdan 200-300 gramm hosil oliş mumkin. Yangi plantatsiyalarni takomillaşgan texnologiya asosida barpo etiş közda tutilgan. Ya'ni, köçatxonada östirilgan niholga ikkinçi yil navdor pistalardan olingan kurtak payvand qilinadi. Uçinçi yildan uni oçiq maydonda ekiş mumkin. Uşbu texnologiyada ekilgan pista 7-8 yilda hosilga kiradi. Uning bir tupidan 1,5-2 kilogramm pista oliş mumkin. 

«Qişloq xöjaligiga ilmiy yondaşmay qöyganimiz bois, köplab ekinlardan kutilgan darajada hosil ololmayapmiz. Bundan buyon sohaga ilm-fan yutuqlarini keng joriy etiş, ekinni ekişdan boşlab, uni yiğib-terib olişgaça olimlar bilan hamkorlikda iş olib boriş kerak. Hosildorlik qança yuqori, eksportbop bölsa, dehqon boyiydi. Bizning asosiy maqsadimiz ham şu», - degan Prezident.

Pista plantatsiyalari 2018-2021 yillar davomida barpo etiladi. 

Davlat rahbariga Özbekiston kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari işlab çiqqan gidrogel moddasi haqida ham ma'lumot berildi. Uşbu modda ösimlik ösişi va rivojlanişini jadallaştirişga xizmat qiladi. Gidrogel yomğir suvini va ösimlikka berilgan öğitni saqlaydi. Suvni 50 foizgaça tejaşga yordam beradi. 

Şavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida çöl örmonçiligini rivojlantiriş ilmiy markazini taşkil etiş, Xatirçi tumani Özbekiston massivida boğ va zamonaviy issiqxona barpo etiş, meva-sabzavotni qayta işlaş, Navbahor tumanida tomçilatib suğoriş usulida bodom va pista plantatsiyalari oçiş, qorakölçilik, tivit junli eçkilarni köpaytiriş, 2018-2019 yillarda viloyatda oziq-ovqat ta'minotini ravnaq toptiriş va qator boşqa yönalişlarga oid istiqbolli loyihalar bilan tanişdi. Ularni öz vaqtida sifatli bajariş yuzasidan topşiriq va körsatmalar berdi.