Navoiy viloyatining Nurota tumanida çorva mollarini boqib yurgan fuqaro jarlikka tuşib ketgan. U qutqaruvçilar tomonidan qutqarilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 5 may kuni Navoiy viloyati FVBga Nurota tumani hududidagi “Oq toğ” toğ tizmalariga fuqaro çorva mollarini boqiş maqsadida borib, jarlikka tuşib ketgani va unga yordam zarurligi haqida xabar kelib tuşgan. FVB qutqaruvçilari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv işlarini natijasida fuqaro jarohat bilan topilib, unga psixologik va birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Söngra u maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida xavfsiz joyga olib çiqilgan.
Çöpon malakali tibbiy yordam körsatiş maqsadida şifoxonaga yuborilgan. Qayd etilişiça, hozirda uning ahvoli yaxşi.
Avvalroq Toşkent şahridan Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohatga borib, toğning yuqori çöqqisida adaşib qolgan uç kişi qutqarilgani xabar qilingandi.

















