Abduhoşim Mahmudaliyev Toşloq tumani Yakkatut qişloğidan. U xonadonida pista köçati yetiştiradi. Ikki gektar maydonda hosilga kirgan 500 tupdan ortiq pista daraxti bor. “Har bir xonadonga 20-30 tupdan pista ekilsa, daromadi xonadonning bir yillik xarajatlarni töliq qoplaydi”, deydi yoş boğbon.
Boğbonning aytişiça, pista daraxti yer tanlamaydi. Uning tomiri yer ostida suv qidirib 10 metr çuqurlikkaça tuşar ekan.
“Körib turgan pista daraxtingiz 12 yoşda. Taxminan 30 - 35 kg atrofida yuki bor. Pistaning afzallik tomoni - qişin-yozin narxi tuşmaydi. -40°, +60° haroratgaça çidaydi. Eng asosiysi yer tanlamaydi - adir, toşliq, zax yerlarda ham meva solaveradi. Har bir xonadonga 20-30 tupdan ekilsa, daromadi oilaning bir yillik xarajatlarni töliq qoplaydi.

Pista daraxti uçun alohida mutaxassis çaqirib kestirmaysiz, terdirmaysiz, dori septirmaysiz. Faqat bir yilda ikki marotaba tagiga mineral öğit solsangiz böldi. Suv tanqis bölsa ham daraxt qurib qolmaydi, hosil bölaveradi. Tomiri juda uzun, yer osti suviga yetib boradi. Şuning uçun qurimay yaşaydi.

Mart oyida gullaydigan daraxtlardan qörqasiz. Erta gullagan mevani sovuq urişi mumkinda. Pista esa aprel oyida gullaydi. Sababi - pistaning ğunçasi qalin, qattiq ğunçaning atrofida pösti köp böladi. Aprel oyida har qanday sovuqlar qaytib, haqiqiy bahor boşlanganda pista gullaydi.

Yana bir qiziq ma’lumot: barça daraxtlar özini-özi çanglatiş xususiyatiga ega, masalan uzum, nok, olma, olxöri... Lekin xandon pista - bunda meva qiluvçi va uni çanglatuvçi ikki xil nav böladi. Urğoçi pista yonida erkak pista daraxti bölmasa hosil ola olmaysiz. Bitta erkak sakkiztagaça urğoçi pistani çanglatadi. Pistaning erkagi ham, urğoçisi ham aprel oyida gullaydi. Erkagi urğoçisini çanglatgandan keyin gulini tökib yuboradi.










