Yaponiya harbiy-dengiz kuçlari tarixida birinçi marta zobit ayol jangovar kemalar qömondonligiga kirişdi. 44 yoşli birinçi rangdagi kapitan Ryoko Adzumaning lavozimga kirişiş marosimi Tokio körfaziga kiraverişda joylaşgan Yokosuka harbiy-dengiz bazasida bölib ötdi.
Yangi qömondon qöli ostida törtta kema, jumladan Yaponiya harbiy-dengiz kuçlaridagi eng yirigi - "Idzumo" vertolyot-taşuvçisi böladi. Ularda hammasi bölib taxminan tört ming kişi xizmat qiladi. Ayni damda, matbuot xabariga köra, "Idzumo"ni çuqur modernizatsiya qiliş masalasi örganib çiqilmoqda. Şundan söng u bortida F-35B jangovar samolyotlarini qabul qilişi mumkin böladi.
Ryoko Adzuma 2016 yilda Yaponiya tarixida birinçi bölib jangovar kema kapitani lavozimini egallagan ayolga aylandi. Mamlakat qurolli kuçlariga ayollar sönggi yillarda faol ravişda jalb etilmoqda. Xususan, yaqinda ularga jangovar samolyotlar pilotlariga aylaniş ruxsat berildi.












